rost
bilan ulashing
1. sifatdosh Toʻgʻri, adil, tik.
-
Bu kun siz aytgan oʻshal Ofarin emas, ustoz, Musibat ostida rost qomati duto koʻrinur. S. Abdulla
-
Toʻla, qaddini post tutgan holda, kallasini xiyol egib, erkakcha taʼzim qildi. M. Ismoiliy, Bizning roman
2. sifatdosh Haqiqatdan iborat boʻlgan, haqiqatga asoslangan; toʻgʻri, chin.
-
Rost gap. Rost soʻz —haqqa qaror. Maqol
-
Yolgʻonchining rost soʻzi ham yolgʻon boʻlur. Maqol
-
— Boyagi semiz odam aytgan gaplar rost ekan, — dedi ichida [Sharofat]. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Rost aytyapman, buni men bir necha bor sinab koʻrganman. X. Toʻxtaboyev, Shirin qovunlar mamlakati
3. ot Haqiqat, haq.
-
Rostga zavol yoʻq. Maqol
-
Mahkam birgina shu Akbarov va Toshev masalasidagi haqni nohaqdan, rostni yolgʻondan ajratib, toʻgʻri baholash uchun qancha kuch, vaqt, qunt, iroda kerakligini endi aniq koʻz oldiga keltirdi. P. Qodirov, Uch ildiz
-
Yodgor shundoq boʻlishini bilgandirki, rostini aytgandir. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
4. krsh. s. vzf. Toʻgʻri.
-
[Saodat:] Voy, nima deb aljiraysan? Avji oʻynab-kuladigan chogʻing-ku. Rost, baʼzi vaqtda dunyodan chiqib ketging keladi. Dunyo qursin, gʻam koʻp. Oybek, Tanlangan asarlar
rost soʻzi qatnashgan jumlalar:
Gapning rosti
-
Gapning rosti, bugun leksiya qulogʻimga kirmayapti.
Rost kelmoq
-
Bu gaping menga rost keldi.
Rost koʻtarmoq
-
Yukni rost koʻtarmoq.
Rost koʻcha qolib, past koʻcha bilan
-
Nega oʻzingizni goʻllikka solasiz? Hamma ertalab dalaga shoshilsa, siz., rost koʻcha qolib, past koʻcha bilan bozorga chopasiz. Mushtum
(R — katta) Shashmaqom tizimidagi beshinchi maqom nomi.
ROST so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
РОСТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
rost so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar