rostla
bilan ulashing
1. Toʻgʻrilamoq, tiklamoq.
-
Besh-oʻn yigit shoxariq, oʻqariqlarni rostlab, tut tagiga chiqishdi. I. Shamsharov, Koʻrk meʼmorlari
2. koʻchma Ishini, xoʻjaligini oʻnglamoq, tiklab olmoq.
-
U institutni bitirgach, oʻzini ancha rostlab oldi.
3. Tartibga solmoq, tuzatmoq.
-
Qilich botir shoshilmasdan oʻzini rostlab olib, uyga kirsa, Oqbilak oyim uxlab yotipti. Ertaklar
4. Nafasini rostlamoq 1) dam olib, na-fasni joyiga keltirmoq.
-
Salomat nafasini rostlab, yana yoʻl yurdi. S. Ahmad, Hukm; 2) oʻzini oʻnglab olmoq
-
Polk komandiri, dushman nafasini rostlab olmasdan turib, qarshi hujumga oʻtish toʻgʻrisida buyruq berdi. A. Qahhor, Oltin yulduz
5. so‘zlashuv tili Adabini bermoq, boplamoq.
-
Shoshmay tur, seni bir rostlayki, dunyoga kelganingga yuz pushaymon qil. Hamza, Maysaraning ishi
6. tex. Qurilma, mexanizm va shu kabilarni toʻgʻri ishlaydigan holga keltirmoq, sozlamoq.
-
Tormozlarni rostlamoq.
rostla soʻzi qatnashgan jumlalar:
Qaddini (yoki belini) rostlamoq
-
Birov eshitib qolishidan choʻchiganday, sekingina uf tortdi-yu, qaddini rostlab oʻtirdi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
Sherzod qaddini rostladi-yu, ichkariga kirib kelayotgan mudirni koʻrdi. Oʻ. Hoshimov, Nur borki, soya bor
-
Sanobar ahyon-ahyonda qaddini tiklab, belini rostlab olardi-da, yana jadal terishga tushib ketardi. M. Xayrullayev, Koʻngil
-
Toshkentimizning qayta tiklanib, qaddini rostlashida xalqlar doʻstligi nimalarga qodir ekanini ham butun olam koʻrdi. R. Fayziy, Taʼzim;
-
Binokor qadami yetgan joy tez obod boʻladi, ulkan zavod-fabrikalar qaddini rostlaydi, ishlab turgan korxonalarning qudrati ortadi. Gazetadan
Juftakni rostlamoq
-
Kishilar yetib kelganlarida, jinoyatchilar allaqachon juftakni rostlab boʻlishgan, hovlida esa jabrlanuvchi Sharofat opa dagʻ-dagʻ titrab turardi. Mushtum
-
[Ortiq:] — Hushyor boʻlib yotasan, bugun kechasi juftakni rostlaymiz. M. Mansurov, Yombi
Ogʻiz rostlamoq
-
Haydar ota shuni [chilimni] soʻray, deb endi ogʻiz rostlagan edi, kampirga koʻzi tushib qoldi. A. Qahhor, Asror bobo
ROSTLA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
РОСТЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
rostla so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar