bahslash
bilan ulashing
1. Bahs (munozara)da qatnashib, har xil fikrlardan birini, xususan oʻz fikrini yoqlab soʻzlamoq; tortishmoq, talashmoq.
-
Botir yov kelganda bilinar, chechan — bahslashganda. R. Jumaniyozov, Soʻz koʻrki — maqol
-
Yoshlik, sevgi-sadoqat haqida qizgʻin bahslashdilar. Shuhrat, Shinelli yillar
-
Baʼzan toʻgʻri kelmay qolsa didimiz. Doʻstim, bahslashamiz, yonamiz lov-lov. Shukrullo, Javohirlar sandigʻi
2. sprt. Musobaqalashmoq, gʻoliblik uchun kurashmoq.
-
Turnirda dastlabki toʻrt oʻrinni egallagan shashkachilar birinchi ligada bahslashish huquqiga ega boʻladilar. Gazetadan
BAHSLASH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БАҲСЛАШ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
bahslash so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar