bahs
bilan ulashing
1. Biror narsa, holat yoki masalani yoqlash maqsadida oʻtadigan munozara, tortishuv.
-
Fikr bahsda qiyomiga yetadi, deydi olimlar. Shukrullo, Javohirlar sandigʻi
-
Bahs ketayotganda, odatda baqirgan tomon yutqazadi. F. Musajonov, Himmat
-
Odatda fikrlar bahsi boʻlgan joyda taraqqiyot ham tezroq yutadi. Gazetadan
2. Ilmiy yoki diniy adabiyotda biror masala, muammoga bagʻishlangan qism, boʻlim.
-
Xatib domla ham ushr bahsini ortiqcha uzaytirmadi, tezda kitobni yopdi. A. Qodiriy, Obid ketmon
3. sport. Musobaqa, bellashuv.
-
Respublika yengil atletikachilari yirik bahslarga qizgʻin tayyorlanmoqdalar. Gazetadan
-
Merganlar bahsida ishtirok etayotgan vakillarimiz ham boʻsh kelishmayapti. Gazetadan
bahs soʻzi qatnashgan jumlalar:
Bahs ochmoq
Bahs qilmoq
-
[Hasanali] Unar-unmasdan bahs qilib, nihoyat, bu unar-unmasning oxiriga shu savolni ham ulab yubordi: Bu gal Margʻilonga kechikdingizmi? A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
BAHS so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БАҲС so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
bahs so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingFoydalanuvchilar tomonidan BAHS so‘ziga berilgan ma’nolar
bahs so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar