bahoriy
bilan ulashing
1. Bahorda ekilib, shu yilning yozida yetiladigan (asosan, don ekinlari haqida).
-
Bahoriy gʻalla. Bahoriy ekinlar.
-
bahori gʻalla maysalari inson mehnatining moʻjizakor qudratini koʻz-koʻz qilib turibdi. Nazarmat, Joʻrlar baland sayraydi
-
Allof bahori arpa oʻrniga kuzgisini bergan ekan. S. Ayniy, Esdaliklar
2. Koʻklamga mansub, xos; yashil, yam-yashil
-
Doʻstimdir pishqirgan bahoriy sellar, Ohudek talpingan oʻynoqi yellar. Gazetadan.
-
Qanotini kamalak qilib, charx uradi bahoriy qushlar. Sharq yulduzi
-
Bahoriy libos kiygan baxmal choʻl oʻziga sayqal bergan fidoyilarni unutmadi. Gazetadan.
-
Uyga kirib, bahoriy rang kostyumini kiydi. S. Anorboyev, Oqsoy
3. koʻchma Bahorday yosh, navqiron; musaffo.
-
Quyosh vasli bahoriy hayot Inson mehri bilan oshnadir. N. Narzullayev
-
Bu koʻzlarda tuygʻunlik, olijanoblik, koʻngilning bahoriy tozaligi, iliqligi jilvalanar edi. Oybek, Tanlangan asarlar
BAHORIY so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БАҲОРИЙ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
bahoriy so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingFoydalanuvchilar tomonidan BAHORIY so‘ziga berilgan ma’nolar
bahoriy so‘ziga yangi izoh qo‘shing