bahor
bilan ulashing
1. Yildagi toʻrt faslning biri, qishdan keyingi, yozdan oldingi fasl; koʻklam (yilning mart, aprel, may oylariga toʻgʻri keladi).
-
Erta bahor. Bahor quyoshi. Bahor shamoli. Daryo suvini bahor toshiradi, Odam qadrini mehnat oshiradi. Maqol
-
U [Gulnor] bu kun shod, bahor uning nashasiga nashʼa, goʻzalligiga goʻzallik qoʻshgan. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Bahor joy tanlamas ekan. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
2. koʻchma Har narsaning (umrning, hayotning) yashnagan, kamolga yetgan payti, shunday chogʻlar ramzi.
-
Umr bahori. Hayot bahori. Sevgi bahori. Yaxshi xotin — hamisha bahor. Maqol
-
Shu yerdadir mardlik, jasorat, Shu yerdadir hayot bahori. Yo. Mirzo, Oʻgʻil mehri.
-
Axir yoshimiz ketyapti, umr bahorimiz oʻtib, kuzimiz yaqinlashib kelyapti, Hayotxon! M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha.
-
Gʻulomjonning koʻnglida yayragan quvonch bahori koʻzlarida javlon urdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
3. koʻchma Umrning maʼlum qismi, muddati, yoshi.
-
Bizning Narzimiz oʻzining yigirmanchi bahorini xuddi shu Moldaviya yerida qarshi oldi. N. Safarov, Olovli izlar
-
Baxtli qizim, men oʻylab boqsam, Ikki bahor koʻribdi yoshing. Yo. Mirzo, Oʻgʻil mehri
4. koʻchma Quvonch, shodlik, baxt.
-
Ishqingda men bahorlar topdim, Bahor ichra nahorlar topdim. H. Olimjon
-
Sizda boʻlgan umid, ishonchlar, Kunlar kelar, yaratar bahor. Gʻayratiy
5. koʻchma Sevgi, muhabbat; umid.
-
Kimningdir koʻnglida bahor gulladi. Kimdir kimgadir intizor boʻldi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
6. koʻchma Sevgili, maʼshuqa, goʻzal yor.
-
Gullagan bahorim, seni sevaman. U. Ismoilov, Saylanma
-
Soʻldimikan gul chechakli bahorim, Ham qishimdan, ham yozimdan ayrildim. Nurali
-
Xazon etmoqchi boʻlmish, ajratib fasli bahorimdan. Guldasta
7. Bahor (xotin-qizlar ismi).
BAHOR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БАҲОР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
bahor so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar