tentak
bilan ulashing
1. Toʻgʻri fikr yurita olmaydigan, aqli noraso, esi past.
-
Tentak bola. Tentak toʻrini bermas. Maqol
-
Ravshanbek shu yerda qip-qizil tentakka chiqib qoldi. Ravshan
2. Aqldan ozgan, telba, devona; jinni.
-
Olti oyda Maryam tentak boʻlganmish, Eshon eshigida shoʻrlik oʻlganmish. M. Alaviya
-
Qishda yalangoyoq yurgan kishini koʻrganlar uni, albatta, tentak boʻlsa kerak, deb oʻylaydi. Fan va turmush
-
Hamshira Ahmadga tentaklarga qaragandek nazar tashladi. F. Musajonov, Himmat
3. Shunday shaxsga nisbatlab, odatda oʻz yaqin kishisiga qarata (erkalash, yengil hazil bilan) aytiladigan soʻz.
-
-Darrov boʻl. tentak! — dedi kulib Tolib. H. Shams, Dushman
-
— Voy tentagim-yey. doʻstning doʻstligi kishi boshiga kulfat tushganda bilinadi, qizim! S. Anorboyev, Oqsoy
-
— Tentak! — dedi Adolat ham jahl, ham erkalash bilan S. Zunnunova, Gulxan
4. koʻchma kam qoʻll. Jilovlanmagan, asov, telba.
-
Tentak daryo.
-
Men suvingdan kuch olsam, Tentak yeldan oʻch olsam. Z. Diyor
-
Gohida oʻshandoq tentak xayollar Sendan voz kechmak-ka qistaydi hargiz. R. Parfi
TENTAK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТЕНТАК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tentak so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar