tentira
bilan ulashing
1. Aniq bir maqsadsiz kezib yurmoq, bekorga sanqib, vaqt oʻtkazmoq, kezmoq.
-
U [Yormat] butun kun kuyib-yonib, boshi oqqan yerlarda jinnilarday tentirab, xufton vaqtida boynikiga sanqib kelib qoldi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
U koʻp tentirab charchagani ustiga, singlisini uzoq yolgʻizlatib qoʻyganidan xijolatda edi. H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar
-
Kun boʻyi tentiragani tentiragan. Hoʻkizday yigit boʻlib qolganidan xabari yoʻq. E. Raimov, Ajab qishloq
2. Sarson-sargardon boʻlmoq, sargardonlikda yurmoq.
-
Senlarning zulmingdan qancha odamlar tentiradi. Oʻz qishlogʻiga oʻzi sigʻmadi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Axir, nima deysiz, ochmiz demay, sovuqmiz demay, ketingizda bir yil tentiradik. H. Ahmar, Kim haq?
3. koʻchma Kezmoq, esmoq; izgʻimoq.
-
Dashtning salqin shamoli tentirab, chodirning ipagini yengil mavjlantiradi. Oybek, Navoiy
-
Yer ustida bulutlar soyasi tentirab qoldi. M. Mansurov, Yombi
4. sheva Charchash, kasallik va shu kabilar natijasida chayqalib yurmoq, gandiraklamoq.
-
U [Saidiy] mast kishiday tentirar edi. A. Qahhor, Sarob
-
U [Muxtorxon domla] yarim yoʻlgacha chamadonlarni ozod koʻtarib, bardam qadam tashlab bordi-yu, undan nari rangi oqarib, tizzalari qaltirab, tentiray boshladi. A. Qahhor, Toʻyda aza
-
Maydon birdan qoʻzgʻaldi. Boshiga qon quyilgan, koʻzlari qip-qizil odamlarning qad koʻtarganlari tentirab ketdi, belini yozolmaganlari qichqirib yubordi. A. Muxtor, Chinor
5. sheva Nima qilishni bilmay qolmoq, oʻzini yoʻqotib qoʻymoq; sarosimaga tushmoq; esankiramoq.
-
Janjalning foydasi shundan iboratki, Ehson yengilsa, tentiraydi, yordam beradigan kishi izlaydi. A. Qahhor, Sarob
TENTIRA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТЕНТИРА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tentira so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar