yalang
bilan ulashing
1. Dov-daraxtsiz, imoratsiz; ochiq, boʻsh.
-
Yalang yer. Yalang maydon. Yalang qir.
-
Hammanglar ham yalang dalada tugʻilganmisizlar? Shuhrat, Shinelli yillar
-
Atrof yalang, qum sahrosi. Sh. Toshmatov, Erk qushi
-
Qumli doʻnglikning oldi dengiz tomon pasayib, keti yalang tekislikka tutashadi. Fan va turmush
2. aynan Yalanglik.
-
Ahmadjon sinchiklab qarasa, ehe shuncha odam kecha kechasi qayerda ekan? Yalanglarga, yoʻlkalarga odam sigʻishmas edi. A. Qahhor, Oltin yulduz
-
— Mehmonlarni kutib ol, qizim. Mana bu yerga joy qil, — dedi Abduvali ota, chayla yonidagi yalangni koʻrsatib. H. Ibrohimov, Oddiy kechada
3. Kiyimsiz, yalangʻoch.
-
Egnida bir yengi tirsakdan, bir bari tamoman yoʻq ilma-teshik boʻz yaktak bosh-oyogʻi yalang cholni koʻrib, Gʻulomjonning yuragi ezilib ketdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Egnida otigina qolgan juldur yaktak, yirtiq ishton, oyoqlari yalang M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
4. Bir qavat, yengil, yupqa kiyimda.
-
Oynisaning yuragi urib, sovuqqa yalang chiqqanday, eti uvishib ketdi: Urush!. H. Gʻulom, Toshkentliklar
5. aynan Yalang qavat 2.
-
Shoirning ustida yalang qoʻngʻir movut chakmon. Oybek, Navoiy
6. Qindan chiqarilgan; yalangʻoch.
-
Qirq azamat, boʻl ha-boʻl deb, Qilich yalang kelayotir. Xushkeldi
yalang soʻzi qatnashgan jumlalar:
Yalang qavat
-
Yalang qavat ip;
-
Yalang qavat toʻni tagidan ikki qoʻlini orqasidan oʻtkazib, qadam sanab borayotgan Mahkam taqachi koʻrindi. R. Fayziy, Hazrati inson
Hamma vaqt; hamisha, doim, nuqul.
-
Yalang kuladi. Yalang bir xil ovqat pishiradi. Siz bilan yalang shu yerda uchrashib qolamiz.
-
Katta amalda ishlaydigan odamlarning bolalari yomon oʻqishsa ham, yalang aʼlo baho qoʻyadi M. Ismoiliy, Odamiylik qissasi
YALANG so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЯЛАНГ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yalang so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar