yalang‘ochla
bilan ulashing
1. Ust-boshini butunlay yechib olmoq, yalangʻoch qilmoq, yechintirmoq.
-
Bolani yalangʻochlamoq.
-
Yigit beligacha yalangʻochlanib olganidan xijolat boʻlib, qizga gunohkorona koʻz tashladi. E. Samandarov, Tangri qudugʻi
2. Egar-jabdugʻini, abzalini yechib olmoq.
-
Otni yalangʻochlamoq.
-
Avaz qarasa, koʻsa Choʻltoqni yalangʻochlab, oftobga oʻzini solib yotibdi. Avazxon
3. Shox-shabbasini, shox-butoqlarini kesib tashlamoq; ochmoq.
-
Yoʻlchi katta toʻnkani yalangʻochlab, ildizlarini, yoʻgʻon tomirlarini bolta bilan urib, yerdan ayirar ekan, oʻzidan, besh-yigirma qadam narida turgan bir qizga koʻzi tushdi. Oybek, Tanlangan asarlar
4. Qinidan, gʻilofidan chiqarmoq, urish, chopish yoki otishga shaylamoq (baʼzi qurol-yarogʻlar haqida).
-
Qilich(ni) yalangʻochlamoq.
-
Ilgari ochiqchasiga pichoq yalangʻochlab yurganlar endi pichogʻini yeng ichiga olgan. S. Ahmad, Hukm
-
Mayna mauzerni yalangʻochlab, yoʻlda toʻxtatgan eski izvosh yonida ot boshini tortib turardi. Sh. Toshmatov, Erk qushi
5. Shipshiydam qilmoq, boʻshatmoq.
-
Uyni yalangʻochlamoq.
YALANG‘OCHLA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЯЛАНҒОЧЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yalang‘ochla so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar