yalang‘och
bilan ulashing
1. Kiyim kiymagan, ust-boshsiz, kiyimsiz.
-
Yalangʻoch goʻdak.
-
Non qadrini och bilar, Kiyim qadrini — yalangʻoch. Gazetadan
-
Fosih afandi, muzga yalangʻoch oʻtirib olganday, seskanib tushdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Uning oyoq yalang, yarim yalangʻoch shoʻx bolalari shovqin-suron bilan oʻynashar edi. Oybek, Tanlangan asarlar
2. koʻchma Bargsiz, bargi yoʻq; bargi toʻkilgan.
-
Suv yoqalab oʻsgan yalangʻoch daraxtlarning butoq-novdalarida sovuq shamol shuvullaydi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Quyosh novcha teraklarning yalangʻoch novdalarini choʻgʻdek qizartirib, adir orqasiga choʻkdi. S. Ahmad, Qadrdon dalalar
3. koʻchma Dov-daraxtsiz, imoratsiz, giyohsiz; yalang.
-
Yalangʻoch yer yangi choʻmiltirilgan chaqaloqday bugʻlanadi. P. Qodirov, Uch ildiz
4. koʻchma Ustiga biror narsa toʻshalmagan; palossiz.
-
Nuri oldinroq yurib, sahni yalangʻoch, eni bir boʻyra qadar ayvonga yaqinlashgach katta paxmoq kuchuk oʻrnidan turdi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Mendan boshqa odam turmaydi shekilli, karavotlar yalangʻoch, matraslar yigʻishtirilmagan. S. Siyoyev, Yorugʻlik
5. koʻchma Kiyishga kiyimi yoʻq; ust-boshi xarob; kambagʻal, qashshoq.
-
Ochman! Yalangʻochman! Xorman! Siz u deb soʻkasiz, bu deb soʻkasiz, bas-da, shuncha xoʻrlaganingiz. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
6. Qinsiz, gʻilofsiz; qin, gʻilofdan chiqarilgan (baʼzi qurol-yarogʻlar haqida).
-
Xon Hasanning qilichi qoʻlida yalangʻoch Hasanxon
-
Bir qoʻlida yalangʻoch nagan, bir qoʻlida fonar. Guldasta
YALANG‘OCH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЯЛАНҒОЧ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yalang‘och so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar