yala
bilan ulashing
1. Yeyish yoki mazasini totish maqsadida biror narsaga tilini tegizmoq; til vositasida ogʻizga olmoq.
-
Asal yalamoq.
-
Bol ushlagan barmogʻini yalaydi. Maqol
-
Tabib kosadan barmogʻiga bir oz ilashtirib yaladi va darrov tuflab tashladi: — Zahar ichibdi! A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Lagan boʻshagach, Yoʻlchi qoʻlini tortdi. Qambar laganga barmoqlarini ishqab yaladi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Kamolxonov qoshiqdagi yuqni yalab, uzoq taʼmini oldi — haqiqatan qatiqqa oʻxshaydi. A. Qahhor, Ikki yorti — bir butun
2. Tozalash, hoʻllash va shu kabilar maqsadda tilini surtmoq.
-
Yangi boʻshangan sovliq qoʻzisini yalardi. S. Ahmad, Yulduz
-
Nihoyat, gapira-gapira qaqragan lablarini tili bilan yalab, Lutfiniso jim boʻldi. Oybek, Tanlangan asarlar
3. koʻchma Tegib, urilib taʼsir qilmoq (shamol, sovuq, issiq va shu kabilar haqida).
-
Havo bulut. Izgʻirin bet yalaydi. Shuhrat, Shinelli yillar
-
Yuzni, koʻzni, badanni issiq shamol yalaydi. Y. Muqimov, Sharofat
-
Poda ketidan yuraverib, oftob yalagan bugʻdoyrang yuzlari bir oz toʻlishganday N. Fozilov, Diydor
4. Oʻz yoʻnalishida narsaning sirt qismini uzib, yulqib ketmoq (shamol, suv va shu kabilar haqida).
-
Poyariqning yoqasidagi kartalarni sel sal qiyalab yalab ketibdi, xolos. I. Mirzayev, Toʻyboshilar
-
Shamol qumlarni uchirib, tepaliklarni yalab ketgan Mirmuhsin, Meʼmor
-
Chap tirsagi achishib ogʻridi: oʻq yalab ketgan boʻlishi mumkin. H. Gʻulom, Toshkentliklar
yala soʻzi qatnashgan jumlalar:
Yogʻ (yoki moy) tushsa (yoki tomsa) yalaguday
Ilonning yogʻini yalagan
Oyogʻini (yoki tovonini) yalamoq
-
Oʻzidan kuchli kimsaning tovonini yalab, oʻzidan ojiz bechorani xoʻrlash, riyokorlik S. Siyoyev, Avaz
YALA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЯЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yala so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar