qiroat
bilan ulashing
Islom anʼanalarida Qurʼon oyatlarini tajvid qoidalariga rioya qilgan holda, oʻziga xos ohangda oʻqish.
-
Xoʻp, taqsir, hozircha diniy darsdan berib turasiz, bolalarga qurʼondan qiroat oʻrgatasiz, keyin yana koʻramiz. H. Nuʼmon va A. Shorahmedov, Ota.
-
Gulniyoz ohista odimlab borib, maqbaraning yonginasida tiz choʻkdi, qiroat bilan tilovat qildi. S. Karomatov, Soʻnggi barxan
-
Sohibqori qiroat bilan: — Bismillohu rahmonu rahim — dedi-da, izvoshga oyoq qoʻydi. I. Rahim, Chin muhabbat
qiroat soʻzi qatnashgan jumlalar:
Qiroat qilmoq
-
Loʻppi yuzli, chiroyli yigit konvertni ochib, xatni chiroq shuʼlasiga tutdi, shiraligina ovozi bilan qiroat qilib oʻqiy boshladi. H. Gʻulom, Mashʼal
QIROAT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚИРОАТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qiroat so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar