qirov
bilan ulashing
Ayozli, havo ochiq, sokin (shamolsiz) tunlarda tuproq, oʻt va yerdagi narsalar ustida hosil boʻladigan muz kristallari.
-
Bugun kechasi qirov tushibdi.
-
Toʻla oyning yorugʻida oʻsimliklar bargida paydo boʻlgan qirov yangi yoqqan qor kabi yarqirab koʻrinardi. S. Ayniy, Esdaliklar
-
Oʻsha kuni sovuq qattiq edi Soqollarda, moʻylovlarda, kipriklarda qirov. Oybek, Tanlangan asarlar
-
kuz keldi. Quyosh tafti pasayib, ertalabki shudring oʻrnini qirov egallay boshladi. Yoshlik
qirov soʻzi qatnashgan jumlalar:
Oq qirov
-
Polizlardagi oq qirovga asralgan qirqma qovunlar ham uzildi. S. Ahmad, Qadrdon dalalar
Sochiga (yoki soqoliga) qirov tushibdi (yoki kiribdi)
-
Oʻspirinning yonida chekka sochiga qirov tushgan oʻttiz besh yoshlardagi qoracha yigit bloknotiga nimanidir yozayotgan edi. H. Nazir, Odamning qadri
Yangi charxlangan pichoq, xanjar va shu kabilar asboblarning damida yoki yangi yasalgan metall buyumning betida qolgan zarralar.
-
Pichoqning qirovini toʻkmoq.
-
Doʻkondan chiqarilgan bu juft-juft qora uzangilar katta egovlar bilan egovlanib, qirovi toʻkildi. M. Muhammadjonov, Turmush urinishlari
qirov soʻzi qatnashgan jumlalar:
Qirovi toʻkilgan
-
Pichoqning qirovi toʻkilgan;
-
Endi u [Muqimiy] dunyoga boshqacha nazar tashlay boshlagan, charxlanib, qirovi toʻkilgan, oʻzini fikriy kurashlarga chogʻlab, hayotning nozik tomonlariga razm sola boshlagan shoir edi. S. Abdulla, Mavlono Muqimiy
Qirovi toʻkilmagan
-
Sizga oʻzingizga oʻxshagan qirovi toʻkilmagan odamlardan ikkitasini qoʻshib beraman. A. Qahhor,
vet. Mollarning tilida qipiqsimon boʻrtiqlar paydo qiladigan kasallik.
-
Tili qirov bogʻlabdi, qanday ovqat yesin jonivor A. Mirahmedov, Kulgan chechaklar
QIROV so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚИРОВ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qirov so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar