qiron
bilan ulashing
1. Koʻplab oʻldirish, qirgʻin.
-
Yovga qiron keldi.
-
Yovga solib dahshat, qiron, Qoya kabi turdilar. O. Hakimov.
-
Xoʻsh, kolxoz molini qiron qilgan Suvonning ishini muhokama qilishimiz mayda gap ekanmi? S. Anorboyev, Oqsoy
2. Koʻplab oʻlish, oʻlim, yoʻq boʻlish.
-
Qor qalin yogʻib, sovuq Haddidan oshib ketdi. Don topib yeyolmasdan, Qushlarga qiron yetdi. Uygʻun.
qiron soʻzi qatnashgan jumlalar:
Qiron kelmoq
-
Urushga qiron kelsin. Koʻplab norasidalarni ota-onalaridan bevaqt judo qildi. R. Fayziy, El mehri
-
Shu yil oʻlat kasali yoyilib, qoʻylarga qiron keldi. Chalpak yoqqan kun
so‘zlashuv tili Davlat, mamlakat.
-
[Mirzakarimboy:] Qaysi qiron qaysi qiron bilan urushdi? Oybek, Tanlangan asarlar
qiron soʻzi qatnashgan jumlalar:
Yetti qironda
-
— Shuni ayting, — dedi Vali aka, — Qorabuloqning suvi bilan yeri yetti qironda ham yoʻq. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
QIRON so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚИРОН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qiron so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar