bahra
bilan ulashing
1. Foyda, manfaat, naf olmoq.
-
Daryolar suvi behuda oqdi. Dehqon istaganicha undan bahra ololmadi. N. Safarov, Olovli izlar
-
Bahra ololdimi bir zot yuragi? Biror qalb gʻuborin yuva oldingmi? E. Vohidov
2. Lazzat, huzur, rohat olmoq.
-
Oʻzi suvga qongach, goʻyo gʻoʻzalari ham undan bahra olgandek quvondi. I. Rahim, Chin muhabbat
-
Tabiat yaratgan moʻjizalardan bahra olmoq uchun inson sogʻlom, baquvvat hamda zukko boʻlmogʻi zarur. Gazetadan
-
Uning hayoti esa kulgi bilan sugʻorilgan, undan bahra olgan, uzoq umr koʻrgan sanʼatkor hayotidir. T. Obidov, Yusufjon qiziq
3. koʻchma Ilhomlanmoq, ruhlanmoq; taʼlim olmoq.
-
Oybek rus sheʼriyatiga koʻp murojaat qilgan, undan bahra olgan ijodkor edi. Gazetadan
-
Olurman bahra hikmatli soʻzingdan, Suxandonsan, suxandonsan, suxandon. Habibiy
-
Narzi vaqti bilan hayot maktabidan bahra olib, donishmand boʻlishi mumkin edi. N. Safarov, Olovli izlar.
4. koʻchma Oziqlanmoq, toʻyinmoq.
-
Tuproq namidan bahra olib, chigit bir tekis unib chiqdi. Oʻzbekiston qoʻriqlari
bahra soʻzi qatnashgan jumlalar:
BAHRA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БАҲРА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
bahra so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar