razvedka
bilan ulashing
1. geol. Yer osti boyliklarini qidirish.
-
Bitta yangi gaz-kondensat koni razvedka qilinadi va ochiladi. Gazetadan
-
Hatto oltin uchun qidiruv va razvedka ishlarini ham shu nuqtayi nazar asosida olib borib, davlatning yuz minglab soʻm mablagʻini koʻkka sovuryaptilar. S. Karomatov, Oltin qum
2. harb. Dushman va uning qoʻshinlari, ularning kuchi, joylashishi toʻgʻrisida maʼlumot toʻplash uchun ayrim harbiy guruhlar, boʻlinmalar yoki jangchilar tomonidan olib boriladigan tezkor ish, harbiy harakat.
-
Razvedka qilmoq. Razvedkaga chiqmoq.
-
Razvedkaga yuborib, dushmanning kuchi, texnikasini aniqlash zarur boʻlib qoldi. T. Rustamov, Mangu jasorat
-
Har bir koʻngilli otryad razvedka ishlari olib borar, dushman kuchlarini aniqlardi. N. Safarov, Olovli izlar
3. Shunday ish olib boruvchi harbiy qism, boʻlinma.
4. Oʻzga mamlakatlarning iqtisodiy va siyosiy holatini hamda harbiy imkoniyatlarini oʻrganish bilan shugʻullanuvchi tashkilot.
RAZVEDKA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
РАЗВЕДКА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
razvedka so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar