rag‘bat
bilan ulashing
1. Biror ishga boʻlgan xohish, istak, mayl, raʼy.
-
Mening bu ishga ragʻbatim yoʻq.
-
Bahordan buyon bir ragʻbatingiz yoʻq, Mehnat qildingiz-ku, minnatingiz yoʻq. M. Yusuf, Osmonimga olib ketaman
-
Gullamas yashnab Vatan, to elda mehnat boʻlmasa, Har ish olgʻa bosmagay, mehnatga ragʻbat boʻlmasa. Habibiy
2. Qiziqtiruvchi, qoʻzgʻatuvchi omil, sabab; manfaat keltiruvchi (beruvchi) narsa.
-
Men joʻralarimning oldida faxr etib yura-man. Avaz ogʻam gʻazallarimni oʻqib, ragʻbat berdi, deyman. S. Siyoyev, Avaz
-
qonunchilikda bu borada koʻzda tutilgan ragʻbat va imtiyozlarning amalga oshirilishini taʼminlash zarur. Gazetadan
3. psxl. Inson his-tuygʻulari, ruhiy holatlarini rivojlantiruvchi, uni faollikka undovchi ruhiy (psixik) taʼsir.
RAG‘BAT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
РАҒБАТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan RAG‘BAT so‘ziga berilgan ma’nolar
rag‘bat so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
rag‘bat so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс Bing