rashkchi
bilan ulashing
1. Yaxshi koʻrgan kishisini birovdan qizgʻanuvchi, rashk qiluvchi kishi.
-
Sen meni erkala dunyoning eng goʻzal soʻzlari bilan, Sen meni qizgʻangin eng rashkchi ayolning koʻzlari bilan. Yoshlik
-
Ortiqning xayoliga yalt etib rashkchi Sobir keldi: Xum-par, jahl qilib, chiroqni yoqmay oʻtirgan boʻlsa-chi? M. Mansurov, Yombi
-
Agar xatlardan birortasi yozuvchi boʻlmagan odamning rashkchi xotini qoʻliga tushib qolsa bormi, oʻsha uyda nima boʻlishini koʻz oldingizga kel-tira olasiz. Shukrullo, Javohirlar sandigʻi
2.
-
[Olima] Kiyim tanlashda, soch turmaklashda didsiz, ammo tili biyron, janjalkash, oʻta rashkchi, qadam tashlashdanoq tajangligi bilinib turadigan ayol. S. Karomatov, Hijron
RASHKCHI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
РАШКЧИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
rashkchi so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar