rashk
bilan ulashing
1. Yaxshi koʻrgan kishisini birovdan qizgʻanish, kunchilik.
-
Sevgi bor yerda rashk bor. Maqol
-
Koʻksim-da yana yurakni oʻrtovchi rashk alanga oldi. P. Qodirov, Uch ildiz
-
Sen deysan, dilim pok, rashkdan yiroqman. Sen unding, men esa hanuz tuproqman. A. Oripov, Yillar armoni
2. Koʻrolmaslik, gʻashlik, hasad.
-
[Kanizak:] Bilaman, musobaqadosh ikki kishidan birining yutugʻi ikkinchisining rashkini emas, havasini, gʻayratini keltirishi kerak. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Odamning ikki dushmani boʻlsa, bittasi — rashk, ikkinchisi esa oʻzini idora qila olmaslik. S. Karomatov, Bir tomchi qon
RASHK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
РАШК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
rashk so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar