mustasno
bilan ulashing
Umumiy qoidadan, odatdagi tartib, holatdan tashqari.
-
Yor, diyor mehrini kuylab, Umrimiz boʻlgay ado, Men na istisno erurman, Sen na mustasno, qalam. E. Vohidov
-
Ayrim mustasnolarni hisobga olmaganda, adabiyotimiz turli yoʻllar tajribalar asosida rivojlanib boradi. Gazetadan
-
Mulla Burhon majlisga kirishga mansabi jihatidan loyiq boʻlmasa ham mustasno tarzda kirgizildi. M. Joʻraboyev, M. B. martabasi.
mustasno soʻzi qatnashgan jumlalar:
Mustasno qilmoq (yoki etmoq)
-
Agar darsliklarni mustasno qilsak matbuot sahifalarida, shuningdek, ilmiy, ommaviy kitob va risolalarda kimyo — ximiya, kimyoviy — ximiyaviy, kimyogar — ximik tarzida ularning har ikki varianti ham qoʻllanayotir. OʻTA
-
Ota-bobolarimiz shu tariqa, terakni mustasno etganda, mevali daraxtni koʻpaytirishga zoʻr eʼtibor berganlar. Gazetadan
MUSTASNO so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
МУСТАСНО so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
mustasno so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar