uchma-uch
bilan ulashing
1. ravish Uchlari oʻzaro tutashtirilgan holda.
-
Qator-qator oʻrmalovchi kranlar yoʻgʻonligi oʻn odamning quchogʻiga zoʻrgʻa sigʻadigan quvurlarni bir-biriga uchma-uch qoʻyib yotqizmoqdalar. J. Abdullaxonov, Toʻfon
2. Koʻchma Daromadi xarajatini arang qoplaydigan holda; arang, zoʻrgʻa.
-
Baliq sotib topgan puli roʻzgʻoriga kerakli narsalarga uchma-uch yetar edi. J. Sharipov, Xorazm
-
Oladigan hosilim qarz bilan uchma-uch kelavergandan keyin paxta ekishni tashlab yuborgan edim. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
3. Bab-barobar, teng holda.
-
— Buxgalterning debet-krediti uchma-uch boʻlib turishi kerak,— dedi Odil. B. Rahmonov, Xoʻjayin koʻchdi
UCHMA-UCH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
УЧМА-УЧ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
uchma-uch so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar