oqla
bilan ulashing
1. Ohak, boʻr kabi oq tusga kirituvchi narsalar bilan boʻyamoq.
-
Devorni oqlamoq. Uyni oqlamoq.
-
Daraxtlarning tanasini oqlab yurgan chol yengi bilan peshonasini arta turib, shiyponga qarab qichqirdi: Hoy Komiljon! S. Zunnunova, Olov
2. Ovqatga qatiq qoʻshmoq, qatiqlamoq.
-
Moshxoʻrdani oqlamoq.
-
Oyxon qoʻshquloqqa qatiq ivitib qoʻygan ekan, mastavani oqlab ichdilar. A. Muxtor, Kumush tola
3. Choyga sut aralashtirmoq.
-
[Qutidor:] Toʻybeka, Kumushning choyini oqlab ber-chi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
4. maxs. Metall narsalarning sirtiga qalay yugurtirmoq.
-
Mis qozonni oqlamoq.
5. Donni, gʻallani tuyib, poʻstini ajratmoq, tozalamoq.
-
Oʻrta yashar xotin koʻylak yenglarini bilagigacha shimarib, toʻq-toʻq qilib, kelida sholi oqlaydi. S. Ahmad, Ufq
-
Kuyovingiz objuvozda sholi oqlayapti. Tinch-omonlik, otasi. H. Gʻulom, Mashʼal
6. koʻchma Biror kishining gunohsiz ekanligini tasdiqlamoq, kimsani aybdor emas deb topmoq.
-
Sud gunohsizlarni oqladi.
-
[Hamida:] Men qizni oqlab, butun gunohni uning xoʻjayiniga, yosh qizni bu qadar berahm ekspluatatsiya qilgan kishiga qoʻymoqchiman. A. Qahhor, Adabiyot muallimi
-
Qodir Nabigulga Holingga voy deganday qilib qaradi. Buni Nabigul fahmlab, oʻzini oqlashga kirishdi. A. Qahhor, Qanotsiz chittak
7. Biror harakat yoki holatning toʻgʻriligini tasdiqlamoq, haq, toʻgʻri deb topmoq.
-
Qiziga boʻlgan gʻazabini yuragi oqlasa, aqli qoralardi. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
-
Qiz-juvonlarimizning egnidagi gʻalati-gʻalati kiyimlar haqida gap borganda, ularni nima deb oqlashni ham bilmaysan kishi. Gazetadan
oqla soʻzi qatnashgan jumlalar:
Ishonchni oqlamoq
-
Bu yigit layoqatli, ishchan, shubhasiz, ishonchlaringizni oqlaydi. Sharq yulduzi
Ona sutini oqlamoq
Tuzini oqlamoq
-
Ulugʻ burchim tuzingni oqlamoqdir, Hamisha hurmatingni saqlamoqdir. Habibiy
OQLA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ОҚЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
oqla so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar