hadsiz
bilan ulashing
1. eskirgan, kitobiy Cheksiz, poyonsiz.
-
Bir vaqtlar suvsizlikdan tors-tors yorilib ketgan dashtlarda endilikda hadsiz gʻallazorlar shovullab yotibdi. Sh. Rashidov, Yangi yer haqida soʻz
-
Ey, sen muazzam va hadsiz sahroda adashgan sargardon sayyoh! F. Musajonov, Himmat
2. Belgining eng yuqori darajasini bildiradi; behad, nihoyatda, gʻoyat.
-
U dunyoda eng qimmatli, eng qodir buyumini topib olgan kabi, hadsiz sevindi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Kozim uning koʻzlariga hadsiz bir gʻussa soya solganini sezdi. E. Usmonov, Yolqin
-
Chuqur qaygʻu, hadsiz kin bilan Yoʻlchi bir necha mahallani aylanib chiqdi. Oybek, Tanlangan asarlar
HADSIZ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҲАДСИЗ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
hadsiz so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar