hadik
bilan ulashing
Biror kimsa yoki narsadan salbiy taʼsir, ziyon-zahmat yetishidan, shunga sabab boʻladigan holatdan qoʻrquv, choʻchish; shu haqdagi oʻy, xayol.
-
Ishtonsizning hadigi choʻpdan. Maqol
-
Militsiyaning mashinasini birov koʻrmadimikin, degan hadikda devordan koʻchaga qaradim. T. Murod, Ot kishnagan oqshom
-
Bir kuni Ahmadjon ming hadik bilan qizni kinoga taklif qildi. F. Nasriddinov, Koʻngil
-
Sifatsiz mahsulotdan sotuvchi ham hadikda. Mushtum
-
Yigitning unsiz boqishi unda hadik uygʻotar, shu bilan birga huzur baxsh etar edi. J. Abdullaxonov, Oriyat
hadik soʻzi qatnashgan jumlalar:
Hadik olmoq
-
Malika shohdan hadik olib, xavfsirab yurar edi. Bahrom va Gulandom
-
Abdusamad qori demak, Boʻtaboy Oʻrmonjondan hadik olganidan shundoq qilgan ekan, degan qarorga keldi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
HADIK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҲАДИК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
hadik so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar