hadis
bilan ulashing
1. din. Islom dinida Qurʼondan keyingi muqaddas manba, Muhammad paygʻambarning faoliyati va koʻrsatmalari haqida rivoyatlar majmui (Rasululloh sallallohu alayhi vassallamning turli sharoitlarda shariat ahkomlariga oid aytgan soʻzlari ham hadisdir).
-
Bir qancha moʻtabar kitob, oyat va hadislarni qarab chiqdim. Gʻayratiy,Dovdirash
-
U [ Teshaboy] ham, oʻz paygʻambarlarining hadisini buzgan yoki firibgarlik, qilvirliklar bilan oʻz paygʻambarlarini aldagan riyokorlar singari dinidan ham chiqmas, shariat oldida murtad ham boʻlmas edi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Ahmadxoʻja oʻz xatida, Madrasayi oliyada tafsir, hadis, ilmi kimyo kabi turli ilmlar oʻqitilishini yozgan edi. M. Muhammadjonov, Turmush urinishlari
2. eskirgan, kitobiy Biror kimsaning aytgan soʻzlari yoki gaplari; rivoyat, hikoya.
-
Maygun labing hadisi mast etdi gʻoyibona, Kayfiyat oʻldi zohir jomi sharob koʻrmay. Fazliy.
-
Senga balki ayon, balki noayon, Bir hayot hadisin aylayin bayon. A. Oripov, Yillar armoni
hadis soʻzi qatnashgan jumlalar:
Hadis oshi yoki oshi hadis
-
Asti nimasini aytasiz. Oshi hadisda yetmishga kirgan hazratimniyam koʻzlari shoh-soqqadek oʻynab ketdi. Hamza,Paranji sirlari
Hadisi sharif
-
U [Sultonmurod] diniy kitoblar — hadisi sharif, hatto qurʼon oyatlaridagi taʼbirlar haqida savol berib, ustozlarning gʻashiga tegardi. Sh. Toshmatov, Erk qushi
-
Hadisi sharifda buyurishicha, odam avvalo oʻziga, keyin ahli ayoliga [oila aʼzolariga] yordam bersa, risoladagidek boʻladi. Gazetadan
1. Kurash, bellashuv kabilarda qoʻllanadigan oʻziga xos usul.
-
Polvonlarning kurash hadislarining oʻz nomi bor. Sh. Xolmirzayev, Togʻlarga qor tushdi
-
U bir hadis ishlatar, yovga tuproq tishlatar. Mirtemir.
2. so‘zlashuv tili Biror ishni uddalashga boʻlgan ep; malaka, mahorat.
-
— Qozogʻistonlik polvonning hadisi ancha zoʻr ekan, — dedi Toʻlamat moʻylov. S. Anorboyev, Oqsoy
-
Yoʻq edi boyqushning hadis — hunari. Alpomish
hadis soʻzi qatnashgan jumlalar:
Hadis olmoq
-
Bu endigi savolning debochasi ekanini sinashta boʻlib qolgan Shohgado darrov payqadi. Hadis olgan polvondek hozirlik koʻrib turdi. Shuhrat, Jannat qidirganlar
Hadis qilmoq esk.
-
Ular [pahlavonlar] bir-birlarini sinash uchun hadis qilib, uzoq aylanib yurdilar. M. Osim, Ajdodlarimiz qissasi
-
Sportning bu turini oʻzlashtirib olganiga qanoat hosil qilgach, klassik kurashni hadis qila ketdi. Mushtum
Hadisini olmoq
-
Oʻz kasbining hadisini olgan haydovchi qiy-chuvga parvo qilmay, tanga-chaqa sanaydi. K. Kenja, Notanish gul.
-
U yoʻliga gʻov boʻlganlarni turli yoʻllar bilan tinchitishning hadisini olgan. N. Qobil, Unutilgan sohillar
-
Majlislarni olib borish ungagina topshirilar, u reglament va boshqa tartib-qoidalarga rioya qilishning hadisini olgan J. Abdullaxonov, Xonadon
HADIS so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҲАДИС so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
hadis so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar