hafsala
bilan ulashing
Ish-yumush, harakat va shu kabilarga boʻlgan mayl, istak; ishtiyoq.
-
Hafsalasi yoʻq. Xat yozishga hafsalam boʻlmadi.
-
Buviniso xolaning koʻlidan supurgi tushmaydi, uyni, ayvonni, hovlini hafsala bilan qirtishlab supurishni u yaxshi koʻradi. Oybek, Ulugʻ yoʻl
-
Xayri hafsala bilan piyozni maydalab toʻgʻrardi. Sh. Rashidov, Qudratli toʻlqin
hafsala soʻzi qatnashgan jumlalar:
Hafsala qilmoq
-
Hafsala qilsam, ikki kunda tugataman.
-
buni Toshkentga borgach, bir hafsala qilsam, oʻzgartiraman. N. Fozilov, Shonli avlod
Hafsalasi pir boʻlmoq
-
Rahimdan hafsalasi pir boʻlgan Qoʻziboy shiyponga yetguncha bir marta ham orqasiga qaramadi. H. Nazir, Yonar daryo
-
Muxbirning hafsalasi pir boʻldi shekilli, daftarini yopdi. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
HAFSALA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҲАФСАЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
hafsala so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingFoydalanuvchilar tomonidan HAFSALA so‘ziga berilgan ma’nolar
hafsala so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar