tezob
bilan ulashing
1. kam qoʻll. Tez oqadigan, tezoqar.
-
Izboskan qishlogʻining etagidan tezob daryo oqadi. Y. Shamsharov, Oltin kuz
-
Qalbing ishlar ishqin kuylab doimo, Misralar irmoqday tezob, shoʻx, toza. M. Boboyev
-
Yoshlik ekan, umr atalmish tezob daryoning ayni koʻpirgan, joʻshqin pallasi. E. Aʼzam, Kechikayotgan odam
2. Tez surʼatli, jadal.
-
Har yakshanba ish shu tariqa tezob Sh. Tohirov, Qars ikki qoʻldan chiqadi
3. aynan Tez 5.
-
Voqeadan xabardor boʻlgan tezobroq Inogʻom aka tutaqib ketdi. F. Musajonov, Kamtarin ishchi
4. maxs. Turli texnologik jarayonlarda eritish, tozalash, oqlash, oshlash va shu kabilar maqsadlarda ishlatiladigan moddalarning umumiy nomi.
-
Terini tezobga solmoq. Metallni tezobda tozalamoq.
TEZOB so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТЕЗОБ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tezob so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar