tezlash
bilan ulashing
1. Tezlamoq I feʼlining birgalik nisbati.
-
Yigitlar bolalarni tezlashib, kurashga tushirishdi.
2. Surʼati oshmoq, jadallashmoq; kuchaymoq, avjga minmoq.
-
Poyezd tezlashdi. Ishlar tezlashib ketdi.
-
Shabada ham tezlashib, bolalarning sochlari va galstuklari bilan tinmay oʻynashmoqda. H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar
-
Maydalab, shivalab yogʻayotgan yomgʻir tobora tezlashardi. E. Raimov, Ajab qishloq
-
Avazning qadami bir sekinlashadi, bir tezlashadi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
3. Muddatidan oldin amalga oshmoq, tez-rok, sodir boʻlmoq.
-
Oʻylab qaraganda, uning endigi taqdiri koʻp jihatdan mana shu safariga ham bogʻliq; hatto toʻyning tezlashuvi ham, toʻydan keyingi sayohat ham shunga bogʻliq. S. Anorboyev, Oqsoy
TEZLASH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТЕЗЛАШ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan TEZLASH so‘ziga berilgan ma’nolar
tezlash so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
tezlash so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar