tezla
bilan ulashing
1. Tezligi oshmoq, harakat tezligini oshirmoq.
-
Poyezd tezlab ketdi. Yomgʻir tezladi.
-
Komiljon tezlab kelib, Xalilovga qoʻl uzatdi: — Keling, Xalilov aka. I. Rahim, Ixlos
2. Tez yurishga undamoq, qistamoq.
-
Kuch boricha otim tezlab koʻraman. Murodxon
3. Hujum qilishga, urishishga undamoq, xezlamoq, gijgijlamoq.
-
Xoʻrozlarni bir-biriga tezlamoq. Bedanani tezlamoq.
4. Charxlab, qayrab oʻtkir qilmoq.
-
Ket-monni tezlamoq. Oʻroqni tezlamoq.
5. so‘zlashuv tili Olov kuchayib, tezlik qilib, oqib, koʻchib tushmoq (tandirda yopilgan non, somsa haqida).
Binoning ishdan chiqqan devorini, tomini buzmasdan koʻtarib qoʻyib taʼmirlamoq, yangilamoq.
-
— Uyning orqasini tezlasammikin, — deb koʻnglidan oʻtkazdi Boʻtaboy, — shoshmasdan, yaxshilab tezlasam. Uyning ichini qumsuvoq qilsam. S. Ahmad, Hukm
TEZLA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТЕЗЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tezla so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar