tezak
bilan ulashing
1. Hayvon yoki qush axlati; goʻng.
-
Mol tezagi.
-
Yigitlar qoʻylarning siydik va tezaklariga bulgʻanib yotgan tutqunlarning qoʻl-oyoqlarini yechib, qoʻradan haydab chiqarmoqchi boʻldilar. S. Ayniy, Qullar
-
— Oq qushlarning tezagi oppoq boʻlar ekan, — dedi Shum bola. Gʻ. Gʻulom, Shum bola
2. Qurigan yoki yoqish uchun maxsus quri-tilgan goʻng (asosan, mol goʻngi).
-
Haydar oʻchoq ichiga koʻmilgan oʻtni ochib, ustiga bir dona tezak qoʻyib, puflab, bir oz yashnatdi. S. Ayniy, Qullar
-
Oʻchoqda tezak miltillab yonar, qora chovgum biqir-biqir qaynardi. S. Anorboyev, Oqsoy
tezak soʻzi qatnashgan jumlalar:
Teng tengi bilan, tezak qopi bilan
-
Teng tengi bilan, tezak qopi bilan! Bozorov — bir qop tezak! Adolatning tengi — Normat. I. Rahim, Chin muhabbat
TEZAK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТЕЗАК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tezak so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar