mutaassib
bilan ulashing
1. Dinga qattiq berilgan, unga koʻr-koʻrona amal qiluvchi.
-
Qoʻygan teatrlarimiz koʻpchilikka yoqqan boʻlsa ham, mutaassib ulamolar va chor hukumati amaldorlari bizga yomon koʻz bilan qarar edilar. M. Muhammadjonov, Turmush urinishlari
2. Birovga koʻr-koʻrona ergashuvchi, biror ishga ongsiz ravishda qattiq beriluvchi, taassub qiluvchi.
-
Mutaassib adib.
-
Boʻgʻinlari zirqirar, anovi avom, mutaassib olomonga qoʻshilib, oʻzi ham kazak askarlaridan tayoq yegandek, jism-u joni yonardi. S. Siyoyev, Avaz
3. eskirgan, aynan Konservator.
-
Muharrirning gʻoyat mutaassibligini, progressiv yoshlarning va ziyolilarning eng zoʻr dushmani ekanligini ham yaxshi bilardi. Oybek, Nur qidirib
MUTAASSIB so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
МУТААССИБ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
mutaassib so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar