dilband
bilan ulashing
1. Koʻngli birovga bogʻlangan, maftun boʻlib qolgan.
-
Azal-abad hamdammiz, azal-abad dilbandmiz, Salom keltirdik senga Sirdaryo boʻylaridan. A. Oripov, Yillar armoni
-
Gʻuncha boshin egmoq boʻlar goh shamol, Oson yengilmaydi zamin dilbandi. G. Joʻrayeva, Iqbol
2. sifatdosh Dilni oʻziga tortuvchi, maftun etuvchi.
-
Bu qoʻshiqlar umrga payvand, Naqadar shod, yoqimli, dilband. X. Rasul.
-
Tojiklarning togʻlari aro Oʻrin olgan bir dilband qishloq. Shayxzoda.
3. koʻchma Suyukli bola, aziz farzand.
-
Farzanding — dilbanding. Maqol
-
Mushfiq ona koʻz oldida Oʻsib borar dilbandi. Ming xil niyat xayolida: Kim boʻlarkin farzandi!? E. Rahimov.
-
Hasanxon ham birovlarning dilbandi. Hasanxon
DILBAND so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ДИЛБАНД so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
dilband so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar