dil
bilan ulashing
1. . ayn. 1 yurak 1.
-
Dil urishi. Dil oʻynogʻi. Sodda siri — tilida, Pismiq saqlar dilida. Maqol
-
Ichkaridan dilni larzaga soluvchi faryod eshitildi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
Dilim baquvvat, qoʻlim yumush qidiradi. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar.
2. koʻchma Kishining ichki ruhiy dunyosi, ichki his-tuygʻularining markazi, ramzi; koʻngil, qalb.
-
Muhabbat — dil mevasi. Maqol
-
Dilda boʻlsa, tilga keladi. Maqol
-
Kishi dilini kishi hushini olib qoʻyadigan kuy. M. Ismoyiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Azizxonning bu gapdan dili yorishib ketdi. S. Ahmad, Ufq
3. koʻchma Koʻngildagi narsa (tilak, maqsad, niyat, oʻy, fikr va shu kabilar).
-
Dili toʻgʻrining yoʻli toʻgʻri. Maqol
-
Qoʻli qingʻirning dili qingʻir. Maqol
-
Choʻpon dil qilsa, takadan sut olar. Maqol
-
Dili yaqin kishilar bir-birining koʻnglidagini darrov topadi. F. Musajonov, Himmat
-
Ot ham egasining dilini bilganday, bitta-bitta qadam tashlab, suvligʻini shiqirlatib borar edi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
4. koʻchma Kishining xotiri, es, yod, xayol; koʻngil.
-
Toʻrtni yozamiz, ikki dilda. Dilimga bir gap keldi. U gaplarni dilimdan chiqarib yuborganman.
-
[Gʻulomjon] Qizning oʻzini ham bir koʻrib, suratini diliga chizib olgan edi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Bizlarga, istasang — shu, istamasang — katta koʻcha, deydi. Tilida aytmasa ham, dilida aytadi. Oybek,Tanlangan asarlar
-
Avaz dilida Mutrib bilan kelishmadi. S. Siyoyev, Avaz
dil soʻzi qatnashgan jumlalar:
Dil bogʻlamoq
-
Savlatiga boqma, kim nomard ekan, dil bogʻlama. Habibiy, Devon
Dil mulki (yoki kishvari, uyi)
-
Dil mulkida sensan mehri xovarim. Habibiy, Devon
-
Suhbati hikmatga boy, dil kishvarin obod etar. Habibiy, Devon.
Dil ogʻritmoq
-
Dil ogʻritgan — doʻst emas. Maqol
-
Bir-ikki kishi Karim otaning dilini ogʻritdi. A. Qahhor, Asarlar
Dil chigili (yoki gʻubori)
-
Dil chigili yozilsin, deb tokqaychi olib, gulzorga kirdim. Gazetadan
-
Shirin suhbat bilan dillarning gʻuborini sovuramiz. Oybek, Navoiy.
Dil yarasi
-
Bosh yarasi tuzalsa ham, dil yarasi tuzalmas. Maqol
-
Qozon qorasi ketar, dil yarasi ketmas. Maqol
Dil quvvati
-
Dilimning quvvati, dardimga darmon bir kelib ketsun. Hamza
Dildan
-
Men sizni dildan sevaman. Bizga yozgan xatida dildan salom aytibdi. Dildan tabrik etmoq.
Dili buzilmoq (yoki vayron boʻlmoq) ayn. koʻngli buzilmoq
Dili oq
-
Onaning koʻkragi bitmas buloqdir, Dili oq boʻlgandan suti ham oqdir. Yo, Mirzo
Dili siyoh
-
Tongdan beri dilim siyoh: yomon tush koʻrdim. Oybek, Quyosh qoraymas
Dili xufton (yoki qorongʻi, vayron)
-
Kechagina dili xufton edi. T. Malik, Qaldirgʻoch
-
Dili vayron boʻlib, zor-zor yigʻlagisi keldi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Faqat Dildorning dili qorongʻi, libosi qora edi. S. Ahmad, Ufq
Dili qon
-
Mana shu dili qon, yuzi zaʼfaron xalq chehrasidagi bir oniy shodlik Qudratni oʻzining yoniq, iliq bagʻriga tortardi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Gʻulomjon ham suvga tashna jon, ham yor hajrida dili qon edi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
Dili qora (yoki kir)
-
Dili qora — tili qora. Maqol
-
Gʻiybatchining dili kir, Gʻar-oʻgʻrining tili bir. Maqol
Dili gʻash ayn. koʻngli gʻash q. koʻngil
Ahli dil
-
Bu zamonda sheʼr tinglaydigan ahli dil qolmabdi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
-
Ahli dillarga noz-u firoq yarashmas. S. Siyoyev, Yorugʻlik
Dil rozini aytmoq (yoki izhor etmoq)
-
Raisa eri bilan orani ochiq qilib qaytgan yillari turmush quraylik, deb dil rozini aytgan erkaklar boʻldi. M. Xayrullayev, Tilla marjon
-
Nuqsoningni aytgan doʻstga dil rozini izhor etsang arziydi. Gazetadan
Dilga tugmoq
-
Dunyo shunday yasalgan ekan, bolam. Birovga yorugʻ, birovga qorongʻi. Ammo har narsani oʻylab, dilingga tugma, xafaqon boʻlib qolasan. Oybek,Tanlangan asarlar
-
bir sirni dilingga tug. Uch-toʻrt kun ichida daragi chiqib qoladi. Oybek,Tanlangan asarlar
Dilni yormoq
-
Bugun boqsam, sen dilingni yorasan, Necha vaqtdan buyon sen ovorasan. Erali va Sherali
Ramzi dil
-
Hali ham koʻngli aro bormi deb ishqim asari, Ramzi dil olmoq uchun bilgani maston keladur. Hamza
Sharhi dil
Qulfi dili ochilmoq
DIL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ДИЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
dil so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar