yiroq
bilan ulashing
1. Oraliq masofasi katta; uzoq, olis.
-
Yiroq oʻlkalarda kezardi sayyoh, Kezardi yurtiga koʻzini tikib. A. Oripov
-
Unga [Maryamga] bir yarim ming soʻm pul kerak, shuni topadi, soʻngra yiroq bir mamlakatga ketadi. Choʻlpon, Kecha va kunduz
2. Chiqish kelishigidagi soʻz bilan qoʻllanib, kishi yoki narsada shu soʻz bildirgan narsaning yoʻqligi, daxli yoʻqligi, aloqasizligi maʼnosini ifodalaydi.
-
Fandan yiroq odamlar ulardan ajabtovur gaplar, mulohazali fikrlar kutadilar. Gazetadan
-
Dunyoda muhabbatdan yiroq hislarning, Yiroq tuygʻularning oʻlgani yaxshi. Q. Rahimboyeva
-
Bir tundayoq yetishdi ozod oʻlkaga. Jabr, zulmdan yiroq obod oʻlkaga. Gʻayratiy
3. Koʻzdan yiroq Koʻrinmaydigan holatda, koʻzdan pana.
-
Qalliqlar odamlarning koʻzidan yiroqda yashirincha uchrashib yurar edilar. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
yiroq soʻzi qatnashgan jumlalar:
Osmon yiroq (yoki uzoq), yer qattiq
-
lekin odamzod joniga teggan narsadan qutulish yoʻlini bilmasa, osmon yiroq, yer qattiq boʻladi, unga koʻnikadi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
YIROQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЙИРОҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yiroq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar