yirik
bilan ulashing
1. zid. Hajmi, oʻlchamlari, qiymati jihatidan nisbatan katta; mayda.
-
Yirik marvarid. Yirik guruch. Yirik tom-chi. Yirik olma. Yirik pul.
-
Ahmad tan-bal qahr bilan oʻrnidan turdi va yirik tishlarini irjaytirib qoʻshib qoʻydi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
-
Daraxtlar pakana, mevasi moʻl va yirik. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Oqshom tushib, tashqari qorongʻilashib qolgan, gupullatib yirik-yirik qor yogʻar edi. Gazetadan
2. Katta kuch-qudrat va imkoniyatlarga ega boʻlgan, koʻlami keng; katta.
-
Yirik korxona. Yirik xoʻjalik.
-
Zomin gʻallachilik xoʻjaligi hududida yirik suv ombori qurishga kirishildi. Oʻzbekiston qoʻriqlari
-
Bugungi Toshkent — yirik sanoat, fan va madaniyat markazlaridan biri. Saodat
3. Eʼtibori, ahamiyat darajasi yuqori, ortiq boʻlgan; katta.
-
Yirik anjuman.
-
Mamlakatimiz hayotidagi biron-bir yirik voqea yoʻqki, unda xalqlar doʻstligi, birodarligi namoyon boʻlmagan boʻlsin. R. Fayziy, Taʼzim
-
Bobolarimizning tabiiy fanlarni taraqqiy ettirish borasidagi muvaffaqiyatlarining siri esa fanda yirik kashfiyotlar yaratishdek mushkul va mashaqqatli ish boʻlib qoldi biz uchun. S. Karomatov, Oltin qum
4. Oʻz ishi, faoliyati yoki taʼsiri bilan koʻzga koʻringan, shuhrat-obroʻ qozongan; atoqli; nufuzli.
-
Yirik mutaxassis. Yirik odam. Yirik adib.
-
Sobirni bunga dadasi — yirik matematik Sultonov undagan edi. O. Moʻminov, Xiyobondagi uch uchrashuv
-
Xadicha Sulaymonova ajoyib inson, yirik jamoat arbobi, yaxshi ona edi. Saodat
yirik soʻzi qatnashgan jumlalar:
Ish(lar) yirik
-
— Hozir uning [Omonning] ishi yirik. Abdulla qoraqoshga shogird tushgan, uyiga suv tashib, ot boqib yuribdi, — dedi Turobbiy Shum bolaga. Gʻ. Gʻulom, Shum bola
-
anov xurjunda goʻsht, moy bor, guruch bor. Kechqurun palovni doʻndirasiz. Ertaga qoʻy soʻyamiz. Ishlar yirik. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar
Yirik pul
YIRIK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЙИРИК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yirik so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar