yirtiq
bilan ulashing
1. Yirtilib ketgan, yirtilgan.
-
Ishtonsiz (odam) tizzasi yirtiqqa kular. Maqol
-
Hammaning koʻzi Rahimning tirsagi chiqib turgan yirtiq yengiga tushdi. H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar
-
Egnida otigina qolgan juldur yaktak, yirtiq ish-ton, oyoqlari yalang M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
2. koʻchma Biror narsaning uzilib, yulinib, ochiq qolgan joyi.
-
Aksarining usti-boshi yupun, mahsilarining yirtiqlaridan kir paytavalari osilib turadi Oybek, Tanlangan asarlar
-
Osmonni toʻldirgan bulutlarning yirtigʻidan [quyosh] birda-yarim koʻrinib qoladi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
-
Ufqning bir parcha yirtigʻidan ulkan, qip-qizil quyoshning yarmi koʻrinib, botib ketdi. S. Nurov, Narvon
YIRTIQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЙИРТИҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yirtiq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar