yirtqich
bilan ulashing
1. Jonivor goʻshti bilan ovqatlanadigan (hayvonlar, qushlar haqida).
-
Yirtqich hayvon. Miqqiy — yirtqich qush. Quyon yirtqichlarga yem boʻldi.
-
Laqqa — yirtqich baliq, u oʻzidan kichik boʻlgan turli jonivorlar, baliqlar va qurbaqalar bilan ov-qatlanadi. Gazetadan
2. koʻchma Shunday jonivorlarga nisbatlangan ifoda.
-
Bobur yirtqichlar orasida kiyik boʻlib kun koʻra olmasligini ich-ichidan his qilar, shuning uchun boʻrilar bilan sher boʻlib olishishni istar edi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
-
Yirtqich fashistlarni oʻz uyasida yanchib tashlash uchun olib borilgan janglarda ishtirok etdim. Nazarmat, Joʻrlar baland sayraydi
-
Men bu uyatsiz yirtqich bilan yarashmoq uchun umid tutmayman [dedi Kumush]. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
YIRTQICH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЙИРТҚИЧ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yirtqich so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar