yig‘i
bilan ulashing
1. Gʻam-alam, ogʻriq, iztirob va shu kabilar tufayli yuzaga keladigan ruhiy holatning koʻz yoshi, oʻziga xos tovush bilan kuza-tiladigan ifodasi, shunday holat bilan yuzaga keladigan koʻz yoshi, tovush.
-
Kampir yigʻidan oʻzini tiyolmadi. Goʻdak yigʻisi.
-
Gʻulomjon yigʻlab yubordi. Uning yigʻisi ustiga bolalar yugurib kirishdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Ichkari uydan kelayotgan chaqaloq yigʻisi Ahmadning fikrini boʻldi. F. Musajonov, Himmat
-
Endi yigʻidan foyda yoʻq. Boʻldi, bas qil. K. Yashin, Hamza
2. etn. Marhumni xotirlab oʻtkaziladigan aza marosimi.
-
Yigʻi boshlamoq.
yig‘i soʻzi qatnashgan jumlalar:
Yigʻi chiqarmoq
Shayton yigʻisi
-
U buni uzatiladigan qizlarning shayton yigʻisi deb tushunadi. Oybek, Tanlangan asarlar
YIG‘I so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЙИҒИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yig‘i so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar