yig‘in
bilan ulashing
1. Kishilarning fikr olishuvi yoki biror masalani hal qilish uchun toʻplanish; yigʻilish, majlis.
-
Niyoz qushbegi soʻzlab, yigʻinning maqsadi bilan ahli majlisni tanishtira bordi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Bosh muharrir katta yigʻinlarda, majlislarda qatnashaverib, xaloyiq oʻrtasida oʻzini tutishga usta boʻlib ketgan edi. F. Musajonov, Himmat
2. Kishilarning biror marosim, ziyofat munosabati bilan yoki oʻzaro suhbatlashish, koʻngil ochish uchun toʻplanishi; yigʻilish.
-
Bil-dimki, bugun uyimizda bir yigʻin boʻladi. Oydin, Doʻndiqdan ham yosh ekan
-
Shunday qilib, bu qiyomat yigʻin kecha yarim boʻlganda guv-guv bilan tarqaldi. Choʻlpon, Kecha va kunduz
YIG‘IN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЙИҒИН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yig‘in so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar