yig‘ishtir
bilan ulashing
1. Yoyiq, chochiq narsalarni bir joyga toʻplamoq; yigʻmoq.
-
Baʼzilar zinalarga sochilib qolgan gʻisht boʻlaklarini, kesaklarni darhol yigʻishtirib olib tashlardilar. Mirmuhsin, Meʼmor
-
Solih ish vaqti tugashiga ikki soat qolganda narsalarini yigʻishtirdi. O. Moʻminov, Xiyobondagi uch uchrashuv
2. Yigʻib-terib olmoq, (dehqonchilik, dala mahsulotlari haqida).
-
Aql-zakovat bilan ish tutib, terimni nechogʻliq tezlashtir-sak, hosilni shuncha tezroq yigʻishtirib olamiz. Gazetadan
-
Dehqonning oltinpazi paxta teradi, sohibkori uzum uzadi, qovunchisi poliz yigʻishtiradi, molboqari xashak jamgʻaradi. Gazetadan
3. Jam holga keltirmoq.
-
Koʻchlaringni yigʻishtir! Aravani qoʻsh! Quvaga joʻnagaymiz. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
4. Ishlatilgan, foydalanilgan narsalarni yotgan (turgan) joyidan yigʻib olmoq, oʻrin-joyni tartibga keltirmoq, tozalamoq, saranjom-sarishta qilmoq.
-
Otabek kirgizilgan Hasanalining uyi Oybodoq ona tomonidan tozagina yigʻishtirilib asbob-jihozlar bilan ziynatlangan edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Tashqari hovlida hamma uylarni yigʻishtirdim, koʻrpachalarni hovliga olib chiqib qoqdim. Oybek, Tanlangan asarlar
-
U yoq-bu yogʻingni yigʻishtir, mehmon keladi. S. Zunnunova, Yangi direktor
5. Tartibli holatga solmoq, epaqaga keltirmoq (oʻzini yoki oʻzidagi biror narsani).
-
Boshyalang, sochini yaxshigina yigʻishtirib qoʻygan. Oydin, Hikoyalar
-
Juvon roʻmolini olib oʻradi, etaklarini yigʻishtirib oʻrnashib oʻtirdi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Qachondan beri sipo boʻlib qolding? Qizlardan gap ketsa, ogʻzingni yigʻishtirib ololmasding-ku! Shuhrat, Shinelli yillar
6. Bas qilmoq, barham bermoq.
-
Men shotida oʻtirib kitob oʻqishni ham, ovga chiqishni ham yigʻishtirib qoʻydim. Sh. Xolmirzayev, Yoʻllar, yoʻldoshlar
-
Ahmad ish topishdan umidini uzib, redaksiyalarga uchrashni yigʻishtirib qoʻydi. F. Musajonov, Himmat
yig‘ishtir soʻzi qatnashgan jumlalar:
Dov-dastgohni yigʻishtirmoq
Taxta-oʻqlogʻini yigʻishtirmoq
-
Povurkon (fabrika) mollari hamma yoqni toʻldirib, kosiblarning bozorini kasod qilganligi, ishi chippakka chiqqan kosiblar birin-ketin taxta-oʻqlogʻini yigʻishtirayotganligini tasvirlab ketdi. Oybek, Tanlangan asarlar
Esini (yoki es-hushini) yigʻishtirmoq
-
Hamza es-hushini yigʻishtirib olib, qogʻozni buklogʻidan yozdi-da, unga koʻz yugurtirib, shu soʻzlarni oʻqidi K. Yashin, Hamza
-
Yolgʻizjon avval gumburlagan ovozni eshitdi esini yigʻishtirishga urindi, ammo madori yetmadi. R. Rahmon, Mehr koʻzda
Es borida etakni yigʻishtirmoq (yoki yopmoq)
-
Shuni bilib qoʻyingki, ishlaringizning oxiri voy! Tezda etagingizni yigʻishtirib oling! H. Gʻulom, Toshkentliklar
YIG‘ISHTIR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЙИҒИШТИР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yig‘ishtir so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar