yig‘la
bilan ulashing
1. Yigʻi qilmoq (
-
Achinib yigʻlamoq. Piq-piq yigʻlamoq. Uv tor-tib yigʻlamoq. Oʻkirib yigʻlamoq. Hoʻngrab (hoʻng-hoʻng) yigʻlamoq.
-
Endi onaga qoʻshilib qiz yigʻlar, qizga qoʻshilib ona yigʻlardi. Choʻlpon, Kecha va kunduz
-
Bola hanuz chirqirab yigʻlar edi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
2. koʻchma Nolish qilmoq.
-
Uzoq-uzoqlarda musiqa yigʻlardi. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
yig‘la soʻzi qatnashgan jumlalar:
Aytib yigʻlamoq
Achchiq-achchiq yigʻlamoq
-
Kecha uning uyidan xotin kishining achchiq-achchiq yigʻlagan tovushi eshitildi. A. Qahhor, Qanotsiz chit-tak
Zor yigʻlamoq
-
Bola: Dadam, dadam! deb zor yigʻlardi. K. Yashin, Hamza
Yigʻlab koʻrish(a)di
-
Toʻn yigʻlab koʻrishdi.
-
[Hotam:] Qani, sovimasin [ryumkaga quyib]. Bu jonivor kabob bilan yigʻlab koʻrishadi. Qitday-qitday yutaylik. N. Safarov, Hayot maktabi
Yum-yum yigʻlamoq
-
Acha-xon yum-yum yigʻlab, onasining peshonasini silardi. K. Yashin, Hamza
Qon yigʻlamoq
-
Xolaning ogʻir yurak yarasi yangilanar, qon yigʻlagan qaygʻuli kuni yodiga tushar edi. A. Muxtor, Opa-singillar
YIG‘LA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЙИҒЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yig‘la so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar