yig‘ma
bilan ulashing
1. Foydalanilmaydigan paytda yigʻib-taxlab qoʻyiladigan, yigʻiladigan.
-
Yigʻma kursi.
-
Bu yerda [palatkada] uch yigʻma koyka bir-biriga taqab qoʻyilgan edi. A. Muxtor, Davr mening taqdirimda
-
Bir necha kishi mashinalardan gʻirillatib koʻtarilgan yigʻma narvonlardan bino tomlariga chiqa boshladi. M. Xayrullayev, Tilla marjon
-
Choʻlda ikki va bir xonali yigʻma uylar qurildi. Oʻzbekiston qoʻriqlari
2. Turli qism yoki elementlardan yigʻilgan, bir butunni tashkil qiladigan; terma.
-
U yaqinroq borib, eʼlon tagidagi roʻyxatni koʻrdi: Qishloq oʻquvchilarining yozgi yigʻma otryadi. Unda yigirmadan ortiq bolaning nomi yozilgan. H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar
-
Yoshlarning vakillari yigʻma orkestr sadolari ostida stadion maydonini aylanib chiqishadi. Gazetadan
YIG‘MA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЙИҒМА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yig‘ma so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar