yong‘oq
bilan ulashing
1. Magʻzi qattiq poʻchoq qobiqqa oʻralgan koʻp yillik mevali daraxt.
-
Adolat chiroqlarni yoqib yuborib, yongʻoq tagidagi supaga joy qildi. I. Rahim, Chin muhabbat
-
Otliqlar qoʻsh yongʻoqning yonidan oʻtib, toʻgʻonga qarab burilishdi. O. Yoqubov, Er boshiga ish tushsa
2. Shu daraxtning mevasi.
-
Yongʻoq chaqmoq.
-
Ular bogʻga chiqib, toʻkilgan yongʻoqlarni terib turganda, Jonuzoq oqsoqol qaytib keldi. S. Anorboyev, Oqsoy
yong‘oq soʻzi qatnashgan jumlalar:
Bir qop yongʻoq
-
— Biz uni [Tojimatni] yoshligimizda, bir qop yongʻoq, der edik. Essiz, — deb achindi Nazarov. S. Anorboyev, Oqsoy
-
[Umrzoq ota:] Ha, Gʻani samovarchi eski qadrdonim. Qurmagʻur bir qop yongʻoq: borsam, sira zeriktirmaydi. H. Gʻulom, Mashʼal
Boshida yongʻoq chaqmoq
Qoʻynini puch yongʻoqqa toʻldirmoq
-
Bek Laʼlining qoʻynini shu vaqtgacha puch yongʻoqqa toʻldirib kelayotganini oppa-ochiq aytdi-qoʻydi. H. Gʻulom, Mashʼal
-
Lekin men sizning qoʻyningizni puch yongʻoqqa toʻlgʻizmayman [dedi Sidiqjon]. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
YONG‘OQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЁНҒОҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yong‘oq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar