yodgorlik
bilan ulashing
1. Esdalik, eslab yuriladigan narsa; sovgʻa.
-
— Mendan yodgorlik boʻlsin, Meʼmor, — dedi Choʻli bobo, — hozir kun is-siq, sovuq kunlarda kiyib yurasiz. Mirmuhsin, Meʼmor
2. Biror shaxs yoki voqea xotirasi uchun tiklangan haykal, byust.
-
Mozorning oʻrniga nomaʼlum soldatlarga yodgorlik qoʻyiladigan boʻlinyapti [dedi Hasan aka]. E. Raimov, Ajab qishloq
-
Saidusmon qishlogʻida qahramonlarcha halok boʻlgan jangchilar xotirasiga yodgorlik oʻrnatildi. Nazarmat, Joʻrlar baland sayraydi
3. Yodgor boʻladigan, esdalik sifatida saqlanadigan narsa; meʼmoriy obida.
-
Bir-ikki kun Samarqand shahrini aylanib, eski yodgorliklarni xoʻp tomosha qildim, soʻngra Buxoroga joʻnab ketdim. M. Muhammadjonov, Turmush urinishlari
4. Qadimgi yozma manba, qoʻlyozma.
-
Bu soʻz qadimgi yodgorliklar tilida toʻrqu shaklida kelib, ipak, ipak gazlama degan maʼnolarda ishlatilgan. OʻTA
YODGORLIK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЁДГОРЛИК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yodgorlik so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar