manman
bilan ulashing
1. Oʻzini katta tutadigan, bosar-tusarini bilmay qolgan; takabbur.
-
Manman odam. Kamtarga — kamol, manmanga — zavol Maqol
-
U ilgarigi manman Tojiboy emas: hiylagina hovurdan tushgan va anchagina muloyimlashib qolgan edi. P. Tursun, Oʻqituvchi
2. yoki Manman (manaman) degan Mashhur, eng oldingi, dongdor.
-
Xivaning manman degan boylaridan pul topish sirlarini oʻrgandim. J. Sharipov, Xorazm
-
Bunaqa zanjirni yanga tugul, qishlogʻimizdagi manman degan temirchi ham uzolmaydi. Yoshlik
-
Koʻchaga chiqsam, manman degan yigitlar husnimga mahliyo boʻladi. Mushtum
-
Qoʻqonning manaman degan boylaridan Mirazimjon boyni oʻldirtirib, sir ochilayotganda xoʻjakoʻrsinga Ergashga jazo berdirdi. K. Yashin, Hamza
MANMAN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
МАНМАН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
MANMAN so‘zining sinonimlari
Sinonimlarni ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tingFoydalanuvchilar tomonidan MANMAN so‘ziga berilgan ma’nolar
manman so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
manman so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar