maʼnoli
bilan ulashing
1. Maʼnosi boʻlgan, biror maʼno bildiradigan.
-
Maʼnoli gap. Chuqur maʼnoli ibora. Koʻp maʼnoli soʻz.
2. Chuqur mazmunga ega boʻlgan, sermazmun.
-
Odamshavanda, gapi, soʻzi maʼnoli bu xasta yigitni Yoʻlchi yaxshi koʻrar edi. Oybek, Tanlangan asarlar
3. Biror maʼno ifodalaydigan, biror narsaga ishora qiluvchi, shamali.
-
Maʼnoli nigoh.
-
Hakimboyvachcha labini tishlab, ukasiga maʼnoli qarab qoʻydi. Oybek, Tanlangan asarlar
4. Aql-idrok, mulohaza bilan ish qiladigan, jiddiy, bamaʼni.
-
Maʼnoli odam.
MAʼNOLI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
МАЪНОЛИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
maʼnoli so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar