manqurt
bilan ulashing
1. tarixiy Oʻtmishda, baʼzi koʻchmanchi xalqlarda, bandi (asir) tushganlarning sochi qirtishlab olingan boshiga yangi soʻyilgan tuyaning boʻyin terisi qoplanib, terining boshni tobora qattiq qisishi oqibatida xotirasi, aql-idroki, umuman, insonga xos xislat-fazilatlaridan mahrum etilgan shaxs.
-
Manqurt oʻzining kim ekanini, qaysi urugʻ-aymoqdan ekanini, ismini, bolalik kezlarini, ota-onasining kimligini butunlay yoddan chiqargan boʻlib, oʻzining odamligini ham unutib yuboradi. Ch. Aytmatov, Asrga tatigulik kun
2. koʻchma Ana shunday (manqurtga xos) xislat, xususiyatga ega boʻlgan shaxs.
-
Bu tuzum oʻz xalqining tarixini, uning ruhi va urf-odatlarini, oʻz avlod-ajdodlarini bilmaydigan manqurtlarga tayanar edi. Gazetadan
MANQURT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
МАНҚУРТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
manqurt so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar