mulk
bilan ulashing
1. Ixtiyordagi, qoʻldagi bor mol-dunyo, yer-suv, imorat va boshqalar boyliklar.
-
Jamoat mulki. Xususiy mulk. Shaxsiy mulk.
-
[Komilov Qodirovga:] Davlat mulkini, xalq mulkini koʻz qorachigʻiday saqlashimiz kerak. Uygʻun, Navbahor
-
Madamin otasidan qolgan moliga mol, mulkiga mulk qoʻshdi. P. Tursun, Oʻqituvchi
2. koʻchma Boylik.
-
Oybekning qalamiga mansub asarlar allaqachon qardosh xalqlarning maʼnaviy mulkiga aylangan. Gazetadan
-
Respublika kengashi qishloqlarni qayta qurishda toʻplangan boy tajribalarni hammaning mulkiga aylantirish haqida astoydil gʻamxoʻrlik qilmoqda. Oʻzbekiston qoʻriqlari
-
Oʻz ahamiyatini yoʻqotmaydigan asarlar umumsanʼat mulki, xalqlar mulki boʻlib qoldi. N. Safarov, Olovli izlar
3. eskirgan, kitobiy Joy, mamlakat kabi maʼnoli soʻz bilan birikib, shu soʻz anglatgan joy, mamlakat, viloyat maʼnosini bildiradi.
-
Podshoh hazratlari, mulki Xurosonning taqdiri va hayoti sizning qoʻlingizdadir. Oybek, Navoiy
-
Yoʻq jahon mulkida bizdek ojiz-u bechora xalq. Avaz
4. koʻchma Baʼzi soʻzlar bilan birikib, shu soʻz anglatgan narsaga tegishlilikni bildiradi.
-
Bu kishining sehrli boʻyoqlaridan chiqayotgan suratlar goʻzallik mulki. S. Karomatov, Soʻnggi barxan
-
Husn mulkida kishi tanho boʻlarmi muncha ham? Muqimiy
MULK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
МУЛК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
MULK so‘zining sinonimlari
Sinonimlarni ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tingFoydalanuvchilar tomonidan MULK so‘ziga berilgan ma’nolar
mulk so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
mulk so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar