mukka
bilan ulashing
mukka soʻzi qatnashgan jumlalar:
Mukka tushmoq
-
Tojiddin Qosim oyoqlariga mukka tushib yalingan, nola qilgan Abduvohidni koʻtarib turgʻizdi. Oybek, Nur qidirib
-
Yoʻlovchilar shamolni toʻsib turgan qumtepaning orqasiga oʻtib, mukka tushib yotdilar. M. Osim, Karvon yoʻllarida
-
Shtab boshligʻi Yoʻldosh stolga mukka tushib, nimalarnidir chizardi. Shuhrat, Shinelli yillar;
-
Umrni uzaytirishning bir necha xil yoʻllari bor: doimo serharakat boʻlish, ortiqcha hasadgoʻy boʻlmaslik, spirtli ichimliklarga mukka tushmaslik Gazetadan
Mukkasi bilan tushmoq (yoki yiqilmoq)
-
U Toʻlqinni yana kaltaklaydi. Bu mahal kaltak Eʼzozxonga ham tegib, u mukkasidan yiqildi. H. Gʻulom, Mashʼal
-
Maxsum pichoq ushlagan qoʻlini oldinga choʻzgancha mukkasi bilan yiqildi. S. Anorboyev, Oqsoy
-
Komil turgan yerida bir chayqalib, oz boʻlmasa, otning tagiga mukkasi bilan tushay dedi. H. Gʻulom, Mashʼal.
Mukkasidan ketmoq 1) ayn. muk tushmoq
-
ishdan keldi deguncha apil-tipil ovqatlanadi-yu, chizishga mukkasidan ketadi. H. Gʻulom, Zamin yulduzlari
-
U kitob oʻqishga yana mukkasidan ketdi. Yu. Shomansur, Qora marvarid;
-
Mol-dunyoga mukkasidan ketmoq. Maishatga mukkasidan ketmoq.
-
Xurofotga mukkasidan ketgan bir qoʻshnim bilan gaplashib turgan edik. Mushtum
-
Shamshixol aya oʻgʻlining ishga mukkasidan ketganini koʻrib, yegan-ichgani joyiga tushmaydi. Oʻzbekiston qoʻriqlari.
Mukkasidan tushmoq 1) ayn. mukkasi bilan tushmoq q. mukka; 2) ayn. mukka tushmoq
-
L. Lench oʻz hikoyalarida eskilik sarqitlariga mukkasidan tushgan kishilarni fosh qiladi. Gazetadan.
MUKKA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
МУККА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
mukka so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar